Qiz - Nega buncha rashkchisiz a? Yigit - Nima edi? QIZ- Yonimdan o’tgan mushukdan ham qizg’aning unda! Yigit - Kallasini uzib olaman o’sha mushukni. Qiz - Jinnisiz. Yigit - Xa jinniman. Qiz - Otellodan ham battarsiz! Yigit - Yaxshi bo’pti. Qiz - Rashkchilarning sarkadasi. Yigit - Hey, hali mendan boshqa rashkchilar ham bormi? Men sarkarda bo’lsam hali men tanimagan butun boshli qo’shin ham bor ekanda? To’g’risini ayt. Qiz - Eeee, boringeee. Qiz arazlab,ortiga burildi-yu katta qadamlar bilan yurib ketdi . Biladi, baribir ortidan keladi. Naqd soyaning o’zi. Bo'masamchi axir kuzatib kelmasa, qizni yo’lda birov shart og’irlab ketadi-ku! Qizning yuzlari qizarib ketdi. Lablari jahl bilan o'zicha p