Mehmon bo'lib kelsa gar xotinimning urug'i
Kim bozorga chopganu kim uydadir ovora
Suyaksiz go'sht olinar qassobga ming yolvora
Choy damlanar achchiq qib ko'rpacha qavat-qavat
Dasturxondan joy olar shirinlik asal novat
Mevalarni sarasi olma anor o'riklar
Konfetlar orasida boshlanadi,ko'riklar
Qo'y yog'ida osh pishar suhbat rosa qaynaydi
Jag'i tinmas hech kimni nimanidur chaynaydi
Bugun biling topilur har narsani yo'rig'i
Mehmon bulib kelganlar xotinimning urug'i