Baxtingiz deb yashayman faqat,
Meni baxtli qilsangiz bo'ldi.
Har sinovga qilarman toqat,
Siz yonimda bo'lsangiz bo'ldi.
Orzu armon bo'lar ro‘yosiz,
Sevgim qadrin bilsangiz bo'ldi.
Siz ham menga bitta dunyosiz,
Siz yonimda bo'lsangiz bo'ldi.
Qoldirmasdan hijron dog'ida,
Doim qadrim bilsangiz bo'ldi.
Asragayman qalb ardog'ida,
Siz yonimda bo'lsangiz bo'ldi.
Asrang meni begona ko'zdan,
Og'ir botar alamli so'zdan
Kerakmasdur o'zgasi sizdan,
Siz yonimda bo'lsangiz bo'ldi.
Qancha bo'lsa shuncha kutaman,
Yuragim tubida tutaman.
Har sinovni yengib o'taman,
Siz yonimda bo'lsangiz bo'ldi.
Sen ham menga bir olam deya,
Doim qadrim bilsangiz bo'ldi.
Yagonamsiz sevgilim deya,
Siz yonimda bo'lsa