O'zYTQQM Farg'ona viloyati hududiy bo'limi biznes konsultanti "Sharqiy harbiy okrugida". Joriy yilning 4-mart kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi Harbiy qismdagi yoshlar bilan ishlash bo'limi mudiri F. Sultonov, O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi Farg'ona viloyat bo'limi biznes konsultanti S. Sodiqov hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Farg'ona shahridagi 529 safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoninig harbiy xizmatchilariga "Jinoyatchilikni oldini olish" va "Tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar" mavzularida o'quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Safarbarlik chaqiruvi rezervining 576 nafar harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.