Oʻksinma dunyoning tashvishini deb Yigʻlama nomardning mish mishini deb Ogʻrinma hayotning yoz qishini deb Koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi Keladi zoʻrlardan zoʻrlari albat Tugaydi gumonlar tugar malomat Doʻst boʻlsin sen uchun sabr va toqat Kòrasan hammasi yaxshi bòladi Baxt bilan mast qilar kimnidir yori Kimgadir armondir gòzal diydori Kelganida bir kun umr bahori Koʻrasan hammasi yaxshi bòladi Sajdaga bosh qoʻygin Allohdan soʻra Umid qil duo qil nolishdan kòra Iymoningni saqla amalga òra Koʻrasan hammasi yaxshi boʻladi Hayot òyin kimdir pastroqda turar Kimlardir davrida davronin surar O'n besh yoruq òn besh qaro deydilar Kòrasan hammasi yaxshi bòladi Birin yopsang yana turar bir kami
Jannat.. Gunohlar uchun tavbalar qilib, Yaxshilik savobni ko'ngilaga ilib. Oxirat kun uchun bizlar intilib, Qaniydi barchamiz jannatga kirsak. Bemorlar holidan olib xabarlar, Yetimning ko'zidan artib biz namlar. Zamzam suvidan qonib har damlar, Qaniydi barchamiz jannatga kirsak Qalbimizdan bo'lsin chiroyli gumon, Alloh nasib etsa bo'lmaydi armon. Namozda chiroyli duolar qilsak, Qaniydi barchamiz jannatga kirsak. O'qisak xar kuni bir pora Qur'on, Salovat aytmoqlik jonlarga darmon. Muhtojlar uchun yordamlar qilsak, Qaniydi barchamiz jannatga kirsak. Xiyonat o'rnini ham egalab vafo, Xechkim ko'rmasaydi azobli jafo. Bu dunyo shunday afsus, bevafo Qaniydi barchamiz jannatga kirsak.