Biznesda tez yuksalishni qanday taʼminlasa bo'ladi? Siz qilishingiz kerak bo'lgan eng asosiy narsa- bu, kompaniya boshqaruvining sifatli tizimini qurishdir. Yani, tikilgan kapitalni qushimcha pul oqimlarisiz maksimal rentabillik bilan biznesdan chiqarib olish. Undan keyin esa keyingi bosqich - olingan foyda hisobidan yangi nuqtalarni ochishga o'tish mumkin. Va bunda kredit olish yoki kompaniyaning biror ulushini sotishning keragi yoq. Daromad olding va uni keyingi rivojlanishga sarmoya qiling. O'z muloxazalaringizni yozing.
Ishonch nima? Nazariy tomondan ishonch yomon narsa. Chunki hech kim va hech narsaga 100% ishonib bo'lmaydi. Hamkorimiz yoki pulimiz qo'yilgan bankning to'la ishonchli bo'lishini barchamiz istaymiz, albatta. Ammo amalda har doim ham shunday bo'lavermaydi - ba'zida banklar inqirozga uchraydi, hamkorlar esa aldashadi. Undan tashqari qarzlarini qaytarmaslik uchun xattoki odamni o'ldirishgacha borishadi. Lekin hayot shundayki, baribir ishonishga to'gʻri keladi. Aks holda tajriba ham rivojlanish ham bo'lmaydi. Bu Koinot qonuni, energiya almashinuvidir. Menimcha, biz qila olishimiz mumkin bo'lgan yagona narsa - bu imkoni boricha risklarni kamaytirish va masofani saqlash. Agar masofada bo'lsa, hatt
Bizning olamimiz ajoyib tuzilgan! Shunisi qiziqki, bizda boshqa odamlarga yordam berib, foyda olish imkoniyatimiz bor. Va asosiysi, bu avvalambor o'zingizga yordam berishning eng samarali uslubidir! Aslida, har doim boshqalarga yordam berib, siz o'zingizga yordam berasiz. Boshqalarga moliyaviy mustaqillikka erishishga yordam berib, siz birinchi o'rinda o'zingiz ana shunday bo'lish imkoniyatiga ega bo'lasiz! O'z muloxazalaringizni yozing.
Men siz kutganingizdan ortig'ini bermayman. Men o'zimda borini beraman. Siz mendan nimani kutayotganingizni men oldindan bila olmayman - bu narsada kuchsizman. Men faqat o'zim bilganlarimni nazorat qilaman va kundan kun ko'proq narsalarni bilishga intilaman. Bilimlarim darajasini oshirish maqsadida men amaliyotda ham nazariyada ham tinmay o'qiyman - bu birinchidan. Men uchun muxim bo'lgan ikkinchi narsa - bu, o'zimda borining barchasini berkitmay sizga berish. Qolgan narsalarga kelsak esa- ular sizning kutinmalaringizni oqlaydimi yo'qmi menga farqsiz . Men o'zim nazorat qila olmaydigan narsalarga e'tibor qilmayman, va sizga shuni o'rganishingizni tavsiya etaman.
Biznesdagi asosiy narsa - sotish EMAS, nimani XARIID QILISHDIR! Biznes jarayonning boshlang'ich bosqichida siz NIMANI sotmoqchi ekanligingizni aniqlab olishingiz lozim. Buni qanday amalga oshirish mumkin bo'ladi? Juda oddiy. Agar siz avval birorta joyda nimanidir sotish bilan shug'ullangan bo'lsangiz, ana shu molni sotishni boshlang. Biznesingizning xozirgi mohiyati ustida bosh qotirmang! Va kelajakda ham qanday biznes modelni tanlashingiz ustida ham. Bular haqida keyinroq o'ylaysiz. Bu bosqichda siz uchun boshqa narsa muximroq. Siz tajriba orttirishingiz, o'z molingiz yoki ko'rsatadigan xizmatlaringizni sotishni organishingiz va boshqa odamlarning mexnatini sotib olishni o'rganishingiz l