Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Mo'min ekanimga shubxa uyg'otmang.
Uzoqlashib ketmayin dil yaqin bilan,
Meni bir tilakka alishmang sotmang.
Buzmanggiz uyqumni chokkanida tun,
Cherkov zangisidek urilmasin bong.
Bu kecha shovqinlarga bo'lmasin tutqun,
Odiygina otsin ertangi u tong.
Qorbobo yubormang bolamga atab,
Shirin tushlarni buzmang iltimoss.
Ko'ziyu ko'nglini quronga qadab,
Bazor yolg'onlardan etyabman xalos.
Archa keltirmadim xovlim saxniga,
Shifo bo'lsaxamki muattar hidi.
Yashnagan novdani kesayin nega,
Ko'gil istaklari podishoxmi edi.
Meni tabriklamang yangi yil bilan,
O'tkan bu umrimdan quvonay nechun.
Gunohkor vujudu shunday dil bilan,
Tarixim yozildi do'stginam tushun.
Qordayin