Juda ko'p insonlar o'z sahifasiga o'z burjiga tegishli munajjimlar bashoratini qo'yayotganini ko'ryampan. Ey, odamlar! Bu kufr! Bu ish bilan siz Muhammad ﷺ olib kelgan risolatga kufr keltiryapsiz!
•
Ulamolarning fikriga ko'ra munajjimlar bashoratini o'quvchi odam, o'z burjini bila turib, u yerdan uni topib o'qisa, u folbinga murojaat qilganday bo'ladi. U kishining qirq kun mobaynidagi ibodati qabul bo'lmaydi. Agar u o'qib so'ng ishonsa, demak u Muhammadga ﷺ nozil bo'lgan narsaga kufr keltiribdi.
•
Bu ish shirkning boshlanishi! Taqdirni faqatgina Alloh biladi, taqdir ilmi faqatgina Parvardigorga tegishli, va u ilmdan Undan boshqa xech kim xabardor emas. Munajjimlar bashoratini o'qish, bu nars
Sizga balki satrlanish (hijob o'rash) haqida gaplar yoqmas. Balki siz kattaroq bo'lganda o'rayman dersiz. Haqiqat shuki, bir kuni butun tanangiz oq matoga burkanadi, va siz qabrga yo'l olasiz. Bu dunyodagi so'nggi kuningiz, satrlanishingizni ilk kuni bo'lib qolmasin.
Ey Nabiy, juftlaringga, va mo‘minlarning ayollariga ayt: yopinchiqlarini o‘zlariga yaqin qilsinlar.
[Ahzob, 59].
Sen mo‘minalarga ayt: ...ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar zohir bo‘lgan ziynatlar bo‘lsa (mayli). Ro‘mollarini ko‘ksilariga to‘sib yursinlar. Ziynatlarini ko‘rsatmasinlar.
[Nur, 31]
Hijob o'raganda daxan ostini yopish kerakmi?
Vahb az-Zuhayli: "Yuzning ochiq bo'lishiga ijozat berilgani (hijobda) - ro'paradan yo'nalganda ko'rinadigan qismidir. Shariat ulamolari daxanning ostki qismi yuzga kirmaydi, va uni yopish shart, deyishgan"
[Mug'nil Muhtaj]
Imom Qurtubi: "Arabchadagi yuz - vajh so'zi, muvajaha so'zidan olingan, va yo'nalishni anglatadi (ya'ni ro'paradan qaralganda ko'ringan boshning qismi - yuz. Bunda daxanning osti qismi ko'rinmaydi, demak u qismi avrat, ya'ni yopish kerak). Yuz - bu boshning old qismi; va u peshonadan jag' tugagunicha (daxanning boshlangunicha), va o'ng quloqdan chap quloqgacha"
Ibn Kasir: "Faqihlar yuzning chegarasini peshonaning soch boshlan