VAQT BORIDA IMKONINGDAN KECHMA KO'NGLIM
Ishi bitgach eshik qoqmay qo'yganlar ko'p,
Ko'zi ochu ammo qorni to'yganlar ko'p.
Munofiqlik libosini kiyganlar ko'p,
Yolg'on dunyo jilvasiga uchma ko'nglim,
Qon yutsang xam iymoningdan kechma ko'nglim,
Yo'qligu to'qlikdan sen baxona qilma,
O'zingni bu do'zaxga ravona qilma,
Yolg'on dunyo savdosiga uchma ko'nglim,
Bosh ketsa xam vijdoningdan kechma ko'nglim,
Ichma ko'nglim yolg'on qasam ichma ko'nglim,
Qochma ko'nglim bu sinovdan qochma ko'nglim,
Dard bilmasga aslo siring ochma ko'nglim,
Yolg'on dunyo g'avg'osiga uchma ko'nglim,
Aqil degan qalqoningdan kechma ko'nglim,
Vaqti kelib yovlar darding tushunadi,
Do'stlaring xam faqat