"DO'STLIK ABADIY" RIVOYAT Qadim zamonda ikkita qalin do'st bo'lgan ekan. Ular yoshligidan birga o'ynab, urushib katta bo'lishgan ekan. Bir kuni ular bir yumush bilan safarga otlanibdi. Yumushini bitirib ortiga, ya'ni uyiga qaytishibdi. Yo'lda ular bir qishloqdan o'tishibdi. Qishloq ko'chalaridan o'tishar ekan, bir uyning eshigi oldida turgan qizni ko'rishibdi. Qiz juda chiroyli ekan. Egnidagi atlas ko'ylagi o'ziga yarashib turardi. Sochlari uzun va mayda qilib o'rilgan. U juda chiroyli kulardi. Ikki do'st unga oshiq bo'lib qolibdi. Lekin bu haqida ular bir-biriga hech narsa demabdi. Do'stlar yo'lida davom etibdi. Ertasi kuni do'stlardan biri qizning qishlog'iga qaytib kelibdi. Chunki uning y